Urganch tumanidagi 5 - sonli
umumiy o'rta maktab

BOSH SAHIFA MAMURIYAT FOTO MAKTAB TARIHI ALOQA




Maktabimiz tarihi

Urganch tumanidagi 5-son umumiy o`rta talim maktabi Pravda nomi bilan 1973 yilda ishga tushirilgan. O`sha paytda Yuqoribog` qishlog`ida 3ta: 16-son, 18-son, 39-son maktablari bo`lib , bularning uchalasida ham 8 yillik ta`lim bo`lgan. Qishloqdagi 5-son Pravda nomli maktabda 9-10- sinflar bo`lgan.1,2,3,4,5,6,7,8- sinflar 2 tadan, 9-10- sinflar 4 tadan bo`lgan. 16-son 18-son, 39-son maktab o`quvchilari 8-sinfni bitkazib, 5-son maktabda 9-10 sinfda o`qishni davom ettirishgan. Maktabda 78 nafar mahoratli pedagoglar o`qvchilarga ta`lim tarbiya bergan. 1973-yildan 1979 -yilgacha maktab pedagogika jamoasiga Narimon Qalandarov direktorlik qilgan. 1979 -yildan 1994- yilgacha Yo`ldosh Otajonov pedagoglar jamoasiga rahbarlik qilgan. 1994- yildan to 2014-yilgacha 1-martgacha Baxtiyor Allaberganov rahbarlik qilgan. Maktab 1973- yildan 1992- yilgacha Pravda nomi bilan yuritilgan bo`lsa, 1992- yil 19- avgustdan boshlab Urganch tumani hokimi Sh. Matniyozovning 200 -sonli qaroriga asosan Avaz O`tar nomi bilan atala boshlandi Ushbu ta`lim muassasasi Umum milliy davlat dasturi asosida 2006- yil mukammal ta`mirlandi. Kimyo, biologiya, fizika, informatika xonalari zamonaviy oquv lobaratoriya uskunalari, komputerlar bilan jihozlandi. Bu maktabda mahoratli pedagoglar yoshlarga ta`lim tarbiya berishda o`z kuch va mehnatini ayamaganlar. Urganch tumanidagi 5-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabini bir qancha iste`dodli o`quvchilar bitkazib , turmushning turli jabxalarida o`z faoliyatini olib borayaptilar.