Paltau sharsharasi tabiatning tasavvur qilib bo’lmaydigan mo’jizasidir. Bu shovqinli, to’xtatib bo’lmaydigan kuchli, 38 metr balandlikdan tez suv oqimi bilan pastga tushuvchi chiroyli sharshara. Uning manbasi tog’sayi, Qirg’iziston bilan chegara yaqinida joylashgan Koksuy tizmasining tizmalaridan kelib chiqqan baland tog’lardan boshlanadigan Chotqol daryosi hisoblanadi.
Paltovsoyning ma’nosi haqida ham ikki xil fikr bor. Birinchi versiyaga ko‘ra, Paltov “po‘lat tog‘” so‘zlaridan olingan bo‘lib, keyinchalik Paltov, Paltau deya o‘zgarishga uchragan. Ikkinchi versiyaga ko‘ra “bol tog‘” Poltog‘-Poltov-Paltov-Paltau tarzida o‘zgargan.
Sharshara ajoyib bir joydan tushadi. Ikki tarafi 50 metrli tik kan’on, kar’on o‘rtasidan yorib Paltov sharsharasi tushadi. Ugom-Chotqol davlat qo‘riqxonasi hududida joylashgan Paltov (Paltau) sharsharasi balandligi 35-40 metrni tashkil etadi. Hozir suvi biroz loyqa, lekin muzdek emas. Bemalol cho‘milsa bo‘ladi. Sharshara ichida miriqib cho‘milishingiz mumkin. 40 metr tepadan tushadigan suv qattiq savalaydi. Shunday bo‘lsa-da, juda maroqli. Tashrif uchun eng yaxshi vaqt: iyun oyi hisoblanadi.
Paltau sharsharasidan yuqorida, 2 km uzoqlikda qayinzor va yana bir kichik sharshara mavjud. 5 km uzoqlikda, Chotqol daryosi, Chukuraksuv darasida esa yana bir go‘zal sharshara bor.
Tabiat go‘zal. Qaytishda Katta Chimyonning mahobati sizga yaxshi kayfiyat beradi. Daraxtlar orasidan qochayotgan bedanalar, kaptarlar, kuylayotgan sayroqi qushlar bahri dilingizni ochadi.