Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

9 "G" - sinf o`quvchilari Xotira va qadrlash maydoniga gul qo'yishdi


Xotira va qadrlash maydoni — Toshkent shahridagi meʼmoriy majmua. 1999-yilda Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov rahbarligida barpo etilgan. Mustaqillik maydonining shimolidagi xiyobonda, mangu alanga yodgorligi atrofida joylashgan boʻlib, maydon kengligini davom ettirib turadi. Maydonning toʻriga Motamsaro ona haykali oʻrnatilgan. Xiyobonning uzunligi 60 m, uning shimol va janub tomonida ayvonlar qad koʻtargan, ayvonlar tokchalariga oʻrnatilgan metall taxtalarga Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan O`zbekistonlik barcha jangchilarning ismsharifi bitilgan. Ayvonlar milliy anʼanaviy meʼmorlik uslubida ustunli, vassa juftli qilib qurilgan.