Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 7-ноябрь 2026, 16:54
 Bosh sahifa  Mobile versiya

8 - E sinf o‘quvchilarining Samarqandga unutilmas sayohati!

Ta’til kunlarida o‘quvchilarimiz qadimiy va go‘zal Samarqand shahriga sayohat uyushtirishdi!
Sayohat davomida «Boqiy shahar» majmuasi, mashhur Prezident somsasi, muqaddas buloq suvi, muhtasham minoralar va madrasalar, sharqona bozor, ko‘cha sirki hamda, albatta, mazali Samarqand palovidan bahramand bo‘lishdi! Eng muhimi, birgalikda vaqt o‘tkazib, ko‘plab qiziqarli taassurotlar, quvonchli lahzalar va unutilmas xotiralarga ega bo‘lishdi.
Bunday sayohatlar nafaqat dunyoqarashni kengaytiradi, balki o‘quvchilar o‘rtasida do‘stlik, ahillik va jamoaviylik tuyg‘ularini ham mustahkamlaydi.
Eng muhimi — birga bo‘ldik!
Sayohatimiz juda iliq, mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Samarqanddan esa qalbimizda bir olam go‘zal xotiralar bilan qaytdik!