Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 30-апрель 2025, 13:46
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Poytaxtimizda yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ularni ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida maktab oʻquvchilari uchun maxsus sport sinovlari oʻtkazilmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rahbariyati ham ishtirok etdi. Ular poytaxtimizdagi bir qator umumtaʼlim maktablariga tashrif buyurib, sport sinovlari jarayoniga bevosita guvoh boʻlishdi.
Jumladan, ular Yunusobod tumanidagi 86- va 220-sonli umumta'lim maktablarida boʻlib, o'quvchi-sportchilarning mashgʻulotlarini kuzatishdi. Oʻquvchilar bilan muloqotda ularning sportga boʻlgan qiziqishlari, kelajakdagi maqsadlari va orzulari haqida suhbatlashdilar.




Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati