Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 21-ноябрь 2024, 20:07
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Imo-ishora tilini yanada rivojlantirish masalalari xorijiy mutaxassislar ishtirokida muhokama etildi


Xalq ta’limi vazirligida “Shaxslar o‘rtasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan imo-ishora tilini yanada rivojlantirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi muhokama qilindi.

Muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Karlar jamiyati hamda Ko‘zi ojizlar jamiyati shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi xalqaro tashkilotlarning sohaga taalluqli mutaxassislari ishtirok etdi.

Muhokama davomida qarorni takomillashtirish orqali ko‘rishida va eshitishida nuqsoni bo‘lgan fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish yuzasidan mutaxasislar bilan fikr almashildi. Loyiha yuzasidan bildirilgan takliflar ushbu qaror loyihasida inobatga olinishi kelishib olindi.

Manba: www.uzedu.uz sayitidan