Maktabimizda "1 iyun -Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan bayram bo‘lib o‘tdi
2-06-2022, 14:14Bosh sahifa / Yangiliklar / Videogalereya
Farzand – inson umrining mazmuni. Bolalar esa insoniyat hayotining mohiyati. Ular borligi uchun tamaddun charxpalagi hamon aylanib turibdi.
Ko‘zimiz quvonchi, ertamiz egasi bo‘lgan bolajonlarni asrab-avaylash, komil inson etib tarbiyalash har bir ota-ona va oilaning burchi, har bir davlat taraqqiyotini belgilovchi eng muhim omil sanaladi.
Bola tabassumi – olam bezagi. Ayniqsa, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida sayyoramiz bolajonlarning samimiy va beg‘ubor kulgusi bilan yanada yasharib ketadi. Bu sana quyoshli diyorimizda ham o‘zgacha intiqlik bilan kutiladi. Azaldan bolajon bo‘lgan xalqimiz shu kuni kundalik tashvishlarni bir chetga qo‘yib, farzandlarini istirohat bog‘lariyu ko‘ngilochar maskanlarga olib borishga oshiqadi. Bolajonlarga turli xil sovg‘alar ulashiladi. Bu esa oilada mehr-muhabbat rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.