Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 23-ноябрь 2024, 16:20
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Bugun Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasida poytaxtimizdagi umumta'lim maktablari faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar prokurori topshirig‘iga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumani xalq ta'limi bo‘limlari faoliyati o‘rganilib, tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. Yig‘ilishni Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Habibulla Mirsoatov ochdi va olib bordi. Tadbirda mazkur tumanlarda erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar haqida so‘z yuritildi. Kelgusida ushbu tumanlarda ta'lim sifati va samaradorligini oshirish, kamchiliklarni bartaraf etish hamda faoliyatni yanada yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.