Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-сентябрь 2024, 09:26
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yoshlar uchun sport inventarlari topshirildi

Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan Toshkent shahari Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumtaʼlim maktabiga sport inventarlari yetkazildi. Bugungi kunda yurtimizda yoshlarni sport bilan muntazam shugʻullanishlari uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishilari uchun maktablarga sport inventarlari taqdim etilmoqda.
Bugun Sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Murodjon Ismoilov boshchiligida Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumtaʼlim maktabiga 478 dona sport inventarlari topshirildi. Jumladan, stol tennisi raketkalari va sharlari, futbol, basketbol toʻplari, shaxmat va shashka hamda h. k anjomlar yetkazib berildi.