O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida joriy yilning
27 oktabr — 4 noyabr kunlari maktab o‘quvchilari o‘rtasida
“Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlovda maktablarning 9-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan adabiyotlar ro‘yxati asosida test va savol-javob tarzida sinovdan o‘tkaziladi.
Tanlov g‘oliblari qanday aniqlanadi?
Maktablarda tashkil etilgan Hakamlar hay’ati ishtirokchilar orasidan test va savol-javob asosida g‘oliblarni aniqlaydi.
Har bir maktabdan bir nafar o‘quvchi g‘olib sifatida e’lon qilinadi.
Tanlov g‘oliblari qay tartibda mukofotlanadi?
G‘oliblarga “11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni”da O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining maxsus sovg‘asi hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining diplomlari tantanali ravishda topshiriladi.