Bugun Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov hamda ayni vaqtda O‘zbekistonda bo‘lib turgan Rossiya maorif vaziri Sergey Kravsov poytaxtimizdagi 5-umumta’lim maktabida bo‘ldi.
Mehmonlar ushbu ta’lim muassasasida o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, ta’lim mazmunini oshirish borasida olib borilayotgan o‘quv-amaliy jarayonlar bilan atroflicha tanishishdi.
Uchrashuvda mehmonga O‘zbekistonda maktab ta’limini rivojlantirish, o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, ularni hayotga tayyorlab borishda yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlarning mazmun-mohiyati mazkur maktab misolida tushuntirib o‘tildi.