Bugun maktabimizda bag‘rikenglik darsi bo‘lib o‘tdi. Yuqori sinf o‘quvchilari 4 - sinf o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazdilar. “Bag‘rikenglik” nima ekanligini misollar bilan aytib berdilar. Tadbirda bolalarda turli millatlar, millat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik, dunyo va undagi har bir insonning rang-barangligi va o‘ziga xosligi haqida tushunchalar shakllantirildi. Bolalar o‘z fikrlarini bildirib savollarga faol javob berdilar.