Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yunusobod tumani miqyosida 5-sonli umumta'lim maktabi II-darajali "Zamonaviy maktab" maqomini qo'lga kiritdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zamonaviy maktab" larni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2019-yil 26-noyabrdagi PQ 4537-son qaroriga muvofiq 5-sonli umumta'lim maktabi II-darajali "Zamonaviy maktab" maqomini qo'lga kiritdi. 5-sonli umumta'lim maktabi ta'lim va tarbiya jarayoni sohasi bo'yicha- 194 ball, umumta'lim muassasasini boshqarish sohasi bo'yicha- 116,6 ball, malakali mutaxassislar hamda adabiyotlar bilan ta'minlanganligi sohasi bo'yicha- 93 ball, umumta'lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, infrastrukturasi va jihozlash me'yoriga asosan jihozlanganlik holati sohasi bo'yicha -240 ball, jami- 643,6 ball olgan holda "II-darajali Zamonaviy maktab" maqomini olgan.