Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Respublika psixologlar forumi bo‘lib o‘tdi

Bugun poytaxtimizda Respublika psixologlar forumi bo‘lib o‘tdi. Hozirda poytaxtimizdagi ta'lim muassasalarida 200 nafar amaliyotchi-psixolog o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmoqda. Forumda “Xalq ta'limi tizimida psixologik xizmat yo‘nalishidagi islohotlar”, “Xalq ta'limi tizimidagi ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yo‘naltirishda innovatsion yondashuv” va “Psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini  olish” singari mavzularda seminar-trening uyushtirildi. Forum yakunida eng faol psixologlar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.