Toshkent shahar hokimligida hokim o‘rinbosari Durdona Rahimova rahbarligida Singapurning “SixClouds Pte Ltd” kompaniyasi yetakchi ekspert mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Unda shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i Nilufar Husanboyeva hamda ta’limda xalqaro dasturlashni amalga oshiruvchi koordinatorlar, xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislar qatnashdi.
Muloqot chog‘ida umumta’lim muassasalari o‘qituvchilari va direktorlarining malakasini oshirish, yangi metodikalarga asoslangan uslublarni o‘rgatish, kollaboratsiya, tanqidiy va tahliliy fikrlar bo‘yicha ishlar olib borish, pedagog xodimlarning ijodiy yondashuv va sifatli ta’lim berishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati