Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimiz kutubxonasida Afg‘onistondan qo‘shinlar olib chiqilganining 34 yilligiga bag‘ishlangan “davra suhbati” bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 25 fevral kuni 5-sonli maktab kutubxonasida Afg‘onistondan qo‘shinlar olib chiqilganining 34 yilligiga bag‘ishlangan “davra suhbati” bo‘lib o‘tdi. Talaba “Musulmon bataloni” partiya tashkilotchisi jangovar faxriy polkovnik Rashidov Anvar G‘aniyevich va harbiy kontrrazvedka faxriysi, Afg‘onistondagi jangovar harakatlar qatnashchisi, podpolkovnik Azimov Malik Azimovichlar so‘zga chiqdilar. Suhbat davomida mehmonlar harbiy harakatlar, hamkasblari va safdoshlari haqidagi xotiralarini talabalar bilan o‘rtoqlashdi, kechayotgan jarayonlarga o‘z qarashlarini bildirdi, suhbatdoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. 7, 9, 10-sinf o‘quvchilari o‘sha yillardagi musiqiy kompozitsiyalarni, zamonaviy bard qo‘shiqlarini ijro etishdi. “Davra suhbati” samimiy do‘stona ruhda o‘tdi va o‘quvchilarda vatanparvarlik, o‘z ona yurtiga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi!