Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 30-март 2026, 15:37
 Bosh sahifa  Mobile versiya

1 va 4 - sinflar kesimida “O‘zbek madaniyati” mavzusida darslar tashkil etildi


Bugun  Yunusobod tumani tasarrufidagi 5-sonli umumta’lim maktabida "Kelajak soati" loyihasi doirasida 1 va 4 - sinflar kesimida “O‘zbek madaniyati” mavzusida darslar tashkil etildi.
Mashg'ulot davomida milliytarbiya.uz platformasida joylashtirilgan kontent hamda ssenariylardan foydalanildi.
Dars maqsadi: O‘quvchilarga O‘zbekiston madaniyatining tarixiy ildizlari, milliy urf-odatlar, san’at va an’analar haqida tushuncha berish, ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ahamiyatini anglatish, shuningdek, o‘zbek xalqining  boy madaniy merosini asrab-avaylash va uni dunyo miqyosida targ‘ib etish  g‘oyasini shakllantirish.