
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar kuni” tashabbusi doirasida Tashkent International University rektori Yuldashev Iskandar Baxramovich Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabi bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan “Rektor va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot uchrashuvini o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida rektor I.B. Yuldashev tomonidan Prezidentimizning yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ilgari surilgan muhim tashabbuslarning mazmun-mohiyati, ularning yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, oliy ta’lim muassasalarida yaratilayotgan sharoitlar hamda yoshlar uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida ham atroflicha so‘z yuritildi.
Muloqot jarayonida bitiruvchi sinf o‘quvchilari zamonaviy kasblar, xalqaro ta’lim dasturlari, talabalar hayoti hamda kelajakda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Rektor tomonidan berilgan samimiy va hayotiy tavsiyalar yoshlarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.