Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktab o'qituvchilari o'rtasida “Sog'lom tanda — sifatli ta'lim” shiori ostida sport musobaqalarining shahar bosqichi bo'lib o'tdi

Toshkent Moliya instituti sport majmuasida maktab o'qituvchilari o'rtasida “Sog'lom tanda — sifatli ta'lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarining shahar bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda maktab va tuman bosqichlarida saralangan pedagoglar mini futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol turlari bo'yicha o'z omadlarini sinovdan o'tkazdilar.
Musobaqa g'olib va sovrindorlari Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi Toshkent shahar Kengashi tomonidan munosib taqdirlandilar. Musobaqada umumjamoa hisobida Chilonzor tumani vakillari birinchi o'rinni egalladi. Keyingi faxrli o'rinlardan Uchtepa va Yashnobod tumani o'qituvchilari joy olishdi.


Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati