Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 21-ноябрь 2024, 20:07
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Toshkentdagi Britaniya menejment universitetida maktab o'quvchilari o‘rtasida o‘tgan biznes olimpiadasining Ecocollector loyihasi

Toshkentdagi Britaniya menejment universitetida maktab o'quvchilari o'rtasida o'tgan biznes olimpiadasining Ecocollector loyihasi bo'yicha faxrli birinchi o'rin 223-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilariga nasib etdi. Jamoaning har bir a'zosiga BMUda tahsil olish uchun 50 foizlik grant hamda maktab kutubxonasiga 5000000 so'mlik adabiyotlar sovg'a qilindi. Ikkinchi pog'onani 71-sonli umumta'lim maktabi vakillari egalladi hamda 20 foizlik grant, o'z ta'lim muassasasi kutubxonasi uchun 4000000 so'mlik adabiyotlarni yutib oldi. Olimpidaning Bridge loyihasi bo'yicha munosib qatnashgan 246-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilariga 20 foizlik grant va 3000000 so'mlik kitoblar jamlanmasi nasib etdi.
Shuningdek, 5-sonli umumta'lim maktabi vakillari GST Community loyihasining «Social» maxsus nominatsiyasida g'olib chiqdi va BMUda tahsil olish uchun 20 foizlik grant sohibiga aylandi.


Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati