Yunusobod tuman 5-sonli umumta'lim maktabida, pedagog xodimlar o'rtasida, 2023-yil 30-aprel kuni yurtimizda o'tkazilayotgan siyosiy jarayon Referendum bo'yicha targ'ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Maktab direktori N.S.Xidoyatova so'zga chiqib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o'zgarishlar, inson manfaati yo'lida xizmat qiluvchi moddalar bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirib o'tdi. Tadbir ishtirokchilari Referendum jarayonlarida faol ishtirok etishga chaqirildi.