Unda sifatli taʼlimni taʼminlash, o‘quvchilarga zamonaviy bilimlar va kasblarni oʻrgatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Muloqotda maktab direktorlari, oʻquv ishlari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari tomonidan:
➖Oʻquvchilarni milliy qadriyatlar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
➖Ota-onalar bilan ishlash;
➖Pedagoglar maqomini mustahkamlash;
➖Yoshlarning yangi gʻoyalari va startaplarini qoʻllab-quvvatlash;
➖Sunʼiy intellekt dasturini maktablarda oʻqitishni yoʻlga qoʻyish kabi yo‘nalishlarda yangi tashabbus va takliflar ilgari surildi.
➖ Tadbir yakunida pedagoglar tomonidan bildirilgan tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan kelgusi vazifalar belgilab olindi.