Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 7-июнь 2026, 23:00
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova bir guruh maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari bilan muloqot qildi


Unda markaziy apparat bo‘linmalari rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Muloqot davomida:

➖ xususiy sektorni yanada rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha imtiyozlar berish,
➖imtiyozli bolalarni maktabgacha ta’limga qabul qilish, 
➖tarbiyachilar oylik ish haqlari, 
➖davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish, 
➖oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini sifatli tashkil qilish,
➖pedagog xodimlarni kasbiy rivojlantirish, inklyuziv ta’limni tashkil etish kabi yo‘nalishlarda so‘z yuritildi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishdagi mavjud masalalar yuzasidan muloqot ishtirokchilarining takliflari, tashabbuslari va fikrlari eshitildi.

➖ Uchrashuv yakunida bildirilgan fikr-mulohazalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.