Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 21-ноябрь 2024, 20:07
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Vazirlik o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish sohasida germaniya bilan hamkorlik qiladi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo'jayev, GIZ rahbari Mattias Klingenberg va ikki tomondan mas’ullar ishtirok etishdi.

Uchrashuv doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va  Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) o‘rtasida "O‘zbekiston professional ta’lim tizimida islohotlar va zamonaviylashtirish jarayonlarini qo‘llab quvvatlash" loyihasi doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum doirasida tomonlar jumladan:

- yoshlarni kasb-hunarga o‘qitishda birgalikdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish,
- xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda o‘quv tadbirlarini tashkil etish,
- o‘zaro hamkorlik doirasida axborot texnologiyalari sohasida birgalikda ishlashga kelishib olishdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston professional ta’lim tizimida islohotlar va zamonaviylashtirish jarayonlarini qo‘llab quvvatlash loyihasi 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.