Bugun poytaxtimizda yangi oʻquv yilida taʻlim tashkilotlarida takomillashtirilgan “Kelajak soati” dasturini masʻullarga yetkazish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirni kirish soʻzi bilan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Eʻzoza Karimova ochib berdi va yangi oʻquv yilidagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar haqida soʻz yuritdi.
➖ Taʻkidlash joiz, “Kelajak soati” mashgʻulotlarini takomillashtirish maqsadida maxsus tadqiqot va tahlil amalga oshirilgan bo'lib, soʻrovda 5–11-sinflarda tahsil olayotgan 159 697 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.
Unda oʻquvchilarda eng yuqori qiziqish milliy madaniyat (83,2%), oilaviy qadriyatlar (82,7%) va huquqiy bilimlarga (81,2%) toʻgʻri kelishini koʻrsatgan. Shu bilan birga, volontyorlik (56,9%), ekologik masʼuliyat (59,6%) va tanqidiy fikrlash (60%) kabi yoʻnalishlarni kuchaytirish zarurligi aniqlangan.
Gibrid shaklda tashkil etilgan mazkur tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari hamda 10 mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari ishtirok etdi.
Shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan tezislar, taqdimotlar va boshqa oʻquv materiallari koʻrib chiqilib, ularni yagona mazmuniy va metodik talablar asosida takomillashtirish boʻyicha takliflar shakllantirildi.
Tahlillardan kelib chiqqan holda mashgʻulotlarni izchil va samarali tashkil etishni belgilab beruvchi dastur ishlab chiqildi. Mazkur dasturlar asosida har bir yosh guruhi uchun alohida dars ishlanmalari, ssenariylar, vizual va interaktiv materiallar tayyorlandi. Ushbu materiallar “milliytarbiya.uz” platformasiga joylashtirildi.