Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda vazirlik tizimidagi maktablarning fransuz tili o‘qituvchilari uchun "Eng yaxshi fransuz tili o‘qituvchisi" tanlovini tashkil etganligi haqida xabar bergandik.
✔️Tanlov ikki bosqichda tashkil etildi va yakuniy natijalarga ko‘ra:
✔️ Dilrabo Yusupjonova – Izboskan tumanidagi 25-maktab o‘qituvchisi,
✔️ Umriniso Muhiddinova – G'ijduvon tumanidagi 62-maktab o‘qituvchisi,
✔️ Aza Olimjonova – Farg'ona shahridagi 3-maktab o‘qituvchisi,
✔️ Munisa Elmurodova – Ishtixon tumanidagi 1-maktab o‘qituvchisi,
✔️ Oysanam Abdurahmonova – Toshkent shahridagi 51-maktab o‘qituvchisi,
✔️ Maftuna Abdug‘aniyeva – Yuqori Chirchiq tumanidagi 31-maktab o‘qituvchisi,
✔️ Mehri Ibadullayeva – Shovot tumanidagi 27-maktab o‘qituvchisi,
✔️ Nafosat Karimboyeva – Shovot tumanidagi 8-maktab o‘qituvchisi,
✔️ Mahbuba Xadjiyeva – Qo'shko'pir tumanidagi 30-maktab o‘qituvchisi,
✔️ Asadbek Sapayev – Yangiariq tumanidagi 4-maktab o‘qituvchisi g‘olib bo‘lishdi.
❗️G'olib o'qituvchilar iyul oyida 2 hafta davomida Fransiya davlatining Grenobl shahrida amaliyot o‘tash imkoniyatini qo'lga kiritishdi.
Barcha g‘oliblarni samimiy tabriklab, ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!