Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 2-октябрь 2026, 16:50
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Prezident tashabbuslari pedagoglar uchun katta imkoniyat va imtiyozlar bermoqda


Davlatimiz rahbarining 2025-yil 15-sentabr kuni soha xodimlari bilan qilgan muloqoti davomida pedagoglar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qator tashabbuslar ijrosini taʼminlash boʻyicha "bakiroo" telegram kanali orqali turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda.
 
➖ Taʼkidlash lozimki, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtgan vaqt davomida mazkur vazifalarni bajarish boʻyicha manfaatdor vazirlik va tashkilotlar bilan zarur ishlar amalga oshirildi hamda tegishli qonunchilik hujjatlari asosida pedagoglar uchun koʻplab imtiyoz va qulayliklar yaratildi.
 
📍 Shu oʻrinda mazkur tashabbuslar ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarga birma-bir toʻxtalib oʻtamiz:
 
👉 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi 69-son qaroriga asosan:

➖ 2026-yildan boshlab — kamida 15 yil ish stajiga va oliy malaka toifasiga ega boʻlgan pedagoglarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditlari boshlangʻich badalining 25 foizini qoplab berish uchun davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi joriy etildi;

👉 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qaroriga asosan:

➖ 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab — har yili davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun toʻlov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etildi;

👉 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-son qaroriga asosan:

➖ taʼlim tashkilotida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslar uchun davlat xizmatlari uchun xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizi miqdorida chegirma joriy etildi;

Shuningdek, Adliya vazirligi bilan hamkorlikka ishlab chiqilgan davlat xizmatlari uchun uchun undiriladigan davlat bojlarida chegirma berishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

👉 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga asosan:

➖2026-2027-oʻquv yilidan boshlab — B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega boʻlgan boshlangʻich sinflarda dars beruvchi boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga ega oʻqituvchilarga lavozim maoshiga har oyda 15 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama toʻlash tartibi joriy etildi;

👉 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga asosan, 2026-yildan boshlab:

➖ bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi;

➖ magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʼlo) baho (90 — 100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga —
 birinchi malaka toifasi berish tizimi joriy etildi;
👉 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-martdagi 88-son qaroriga asosan:

➖ 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab — xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga bir oʻquv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha boʻlgan miqdorda taʼlim krediti ajratish tizimi joriy etildi.

➖  Shuningdek, yuqorida keltirib oʻtilgan muloqot tadbirida reytingda 100 talikka kirgan maktab va bogʻcha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma berish tashabbusi ilgari surilgan.

➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hozirda mazkur topshiriqqa asosiy ijrochi etib belgilangan Transport vazirligi bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

👉 Yana bir tashabbus sifatida tilga olib oʻtilgan oʻqituvchilarga yangi taʼlim texnologiyalarini keng qoʻllashi uchun kompyuter xaridi uchun 10 million soʻmgacha imtiyozli kredit ajratish vazifasi ijrochilari sifatida Markaziy bank va Iqtisodiyot va moliya vazirligi belgilangan.

➖ Ayni vaqtda ushbu vazifa ijrosi boʻyicha ham Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilgan boʻlib, tegishli manfaatdorvazirlik va idoralar tomonidan koʻrib chiqilmoqda.

🔹 Ta’kidlash lozimki, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Davlatimiz rahbari tomonidan sohaga doir ilgari surilgan har bir tashabbus va berilgan vazifalarni amaliyotga joriy etish boʻyicha doimiy ravishda zarur ishlar amalga oshirib borilmoqda.