Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 22-октябрь 2026, 00:20
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimizda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xojaligi Fanlari Akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, professor - Oqil Umrzoqovich Salimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026-yil 16-oktabr sanasida Yunusobod tumani 5-sonli umumta’lim maktabida texnika sohasidagi olim, davlat arbobi,Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi Fanlari Akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, professor - Oqil Umrzoqovich Salimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 Bu tadbirning asosiy maqsadi — Oqil Umrzoqovich Salimovning boy hayotiy va kasbiy tajribasini, milliy qadriyatlarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish hamda avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy ko‘prikni mustahkamlash va ustozning yurt ravnaqi yo‘lida chekkan mashaqqatlari, ko‘rsatgan fidoyiliklarini yodga olish va ularga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatishdir.
Uchrashuv davomida Odil Umurzoqovich  va o‘quvchilar o‘rtasida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi.  Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Maktab ma’muriyati va o‘quvchilari, Oqil Umrzoqovichga tashriflari uchun o‘z minnatdorligini bildiradi.