Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 13-ноябрь 2026, 21:58
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“SEN ISTE’DODLISAN” — HAR BIR BOLANING IMKONIYATI VA ISTE’DODI QADRLIDIR!

Joriy yilning 13-noyabr kuni Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv ta’lim sinflarida hamda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida “Men ham shu Vatanning bunyodkoriman” shiori ostida “Sen iste’dodlisan” respublika xayriya tanlovining Toshkent shahar bosqichi tashkil etildi.

✨ Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad - alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun keng imkoniyat yaratish, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashishdan iborat.

Tanlov davomida o‘quvchilar turli yo‘nalishlarda tayyorlagan ijodiy ishlari, san’atga bo‘lgan qiziqishlari va betakror iste’dodlarini namoyish etdilar. Har bir ishtirokchining chiqishi ularning intilishi, mehnati va katta imkoniyatlarga ega ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Zero, har bir bola e’tibor, mehr va qo‘llab-quvvatlashga munosib. Ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish va imkoniyatlarini kengaytirish barchamizning ezgu vazifamizdir.

“Sen iste’dodlisan” — har bir bolaning iste’dodi, orzusi va imkoniyatlariga ishonch ifodasi!