Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 21-ноябрь 2024, 20:07
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya davom etmoqda

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Event Hall tadbirlar zalida “O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirdan asosiy maqsad, Yangi O‘zbekistonda inson kapitali, uning shakllanishi va rivojlanishida ta’lim-tarbiya hamda ilm-fanning o‘rni va rolini muhokama qilish, ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy tendensiyalari, jahon tajribasini o‘rgangan holda ularni amaliyotga tadbiq etish va buning samarasi borasida fikr almashish, keng jamoatchilikni Yangi O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirishdan iboratdir.

Konferensiya avvalida so‘zga chiqqan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tadbir ishtirokchilarini bugungi tadbir bilan qutladi va mavzuga doir o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

“Bugungi O‘zbekiston davlati joylashgan zamin qadimda ikki buyuk uyg‘onish davriga beshik bo‘lgan. Bu qutlug‘ maskanda Farg‘oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Buxoriy, Termiziy, Ulug‘bek, Jomiy, Navoiy kabi buyuk daholar yetishib chiqqan.

Ushbu ulug‘ ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish uchun so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim sohasiga katta e’tibor berilmoqda. Aholisining 50 foizdan ortig‘i 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston uchun ta’lim katta strategik masala ekanligini aytsam mubolag‘a qilmagan bo‘laman.

2030-yilga qadar ta’lim tizimida qanday ishlar amalga oshirilishi xususida “Ta’lim — 2030” konsepsiyasida aniq belgilab olingan. Ushbu konsepsiya doirasida hozirga qadar sohada ko‘plab natijalar qayd etildi”.