Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 34-Xalqaro Biologiya olimpiadasida 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi

Joriy yilning 3-11-iyul kunlari Birlashgan Arab Amirligida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO-2023)da O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.

G‘oliblarimiz bilan tanishing:
Behruz Tursunov -Toshkent shahar,   Yunusobod tumani,  274-maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
G‘olibjon Sharifov - Buxoro viloyati, Kogon tumani, 3-maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
Muhammadibrohim Egamberdiyev - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining 2-kurs o‘quvchisi.

Ma'lumot uchun, mazkur olimpiada BAAning Al-Ayn shahrida bo‘lib o‘tib, unda 80 mamlakatdan jami 310 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.




G'oliblarimizni samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!