Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 21-ноябрь 2024, 20:07
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti bo’lib o’tdi

Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Respublika o'quv seminari doirasida o’quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va maktabdan tashqari ta’lim sifatini oshirish yo’nalishida o’quv seminarlari bo’lib o’tdi. Unda bu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar, yangiliklar haqida so’z bordi. Seminar qizg’in bahs-munozaralarga boy holda o’tib, ishtirokchilarning savol va takliflari tinglandi.
Kunning ikkinchi qismida esa “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti va “Alifbo tartibidagi olam” “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning yaratilishi haqida qisqa film namoyishi bo’lib o‘tdi. Taqdimot davomida Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiriNodir Jonuzoq tomonidan izohli lug’atning yaratilish jarayoni haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi. Shundan so’ng, tadbirning taqdirlash marosimi bo'lib o'tib, vazirlikning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlar matbuot kotiblari hamda ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.