Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yunusobod tumanidagi maktablar kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlanmoqda

Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi barcha maktablarning kompyuter xonalari xatlovdan o’tkazilib, 43 ta maktabdan 36 tasida kompyuter jihozlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Ushbu ehtiyojni qoplash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktablarga 28 dona kompyuter sinfxonalari to’plami jo’natilmoqda.
Har bir to’plam 16 ta kompyuter, 1 dona printer, konditsioner, interaktiv doska va serverdan tashkil topgan.