Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 21-ноябрь 2024, 20:07
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktablarda 2023-2024-o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan
2-sentabr — shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli
1-3-sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi. 

Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha maktablarda yangi — 2023-2024-o‘quv yili dars jarayonlari 2023-yil 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanishini maʼlum qilamiz.