Bugun poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabida “Sifatli ta'lim – kuchli jamiyat” shiori ostida II Ustozlar milliy forumining shahar bosqichi o'tkazildi. Forum bevosita umumta'lim maktablari faoliyatini samarali tashkil etish, islohotlarga mos ravishda aniq yo'l xaritalarini belgilab olishga qaratildi. Unda Toshkent shahridagi barcha tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshliqlari, maktab direktorlari, faxriy ustozlar va ilg'or pedagoglar ishtirok etdi. Tadbirda Toshkent shahar hokimi o'rinbosari Sanjar Obidov, Respublika ta'lim markazi direktori Shuhrat Sattorov, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyeva, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Jamoliddin Kamolov hamda boshqalar so'zga chiqdi.
Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati