Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabida yangi 2023/2024-o'quv yiliga puxta tayyorgarlik ko'rilmoqda

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabida yangi 2023/2024-o'quv yiliga puxta tayyorgarlik ko'rilmoqda. O'tgan o'quv yili oxirida mazkur ta'lim muassasasi to'liq qayta rekonstruktsiya qilinib, qo'shimcha yangi o'quv binosi barpo etildi. Shuningdek, elektr energiyasini tejash maqsadida quyosh panellari o'rnatildi. Zamonaviy qiyofa kasb etgan va yanada ko'rkamlashgan maktabda ta'lim sifati hamda samaradorligini oshirish uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan.