Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Yashil chiroq-2023" musobaqasining Respublika bosqichi g’oliblari taqdirlandi

Joriy yilning 27-30-avgust kunlari Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 14 ta jamoa mazkur musobaqa doirasida o‘zaro bellashishdi. Musobaqa hamda taqdirlash jarayonlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan "Semurg‘" bolalar oromgohida bo’lib o’tdi. 

Yakuniy natijalarga ko’ra: 
🥇Qoraqalpog’iston Respublikasi jamoasi 1-o’rinni, 
🥈Xorazm, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari jamoalari 2-o’rinni, 
🥉Namangan, Farg’ona, Navoiy viloyati hamda Toshkent shahri jamoalari 3-o’rinni qo’lga kiritishdi.