Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabida 1-qo‘ng‘iroq  bo‘lib o‘tdi.Unda Yunusobod tumani hokimligi va tuman nuroniylar kengashi a’zolari  ishtirok etdi.
Tadbirda “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”, degan ezgu g‘oya asosida bu sohada katta ishlar amalga oshirilgani alohida ta’kidlandi.
Qo‘llarida gul, qalbda hayajon bilan sevimli maktabiga kelgan o‘quvchi-yoshlarning sevinchlari cheksiz. 
Muassasada “Mustaqillik bayrami” va “Bilimlar kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbiri “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida tashkil qilindi.
Dastlab o‘quvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan Vatanni madh etuvchi she’r va qo‘shiqlardan iborat bayram dasturi namoyish etildi. Tadbirda ilm dargohiga ilk qadam qo‘ygan o‘g‘il-qizlarga Prezident sovg‘alari topshirildi.