Toshkent shahar hokimining birinchi o'rinbosari B. Rahmonov Yunusobod tumani hokimi va Maxsus ishchi guruhi a’zolari bilan birgalikda yangi qurib bitkazilgan “Bolalar psixologiya markazi”, 5-umumta'lim maktabi, musiqa maktabining qurilish va tamirlash ishlari bilan tanishdi. "Qashqar", “Sevinch” mahallalari hududidagi kommunal infratuzilmani yaxshilash, “Obod mahalla” dasturi doirasida bajarilayotgan ish jarayonlarini ko`zdan kechirdi.