Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi

Kecha Maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarini malaka oshirish instituti binosida Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosarlari, bo'lim boshliqlari, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlari boshliqlari hamda boshqarma tasarrufidagi barcha ta'lim muassasalari direktorlari ishtirok etdi. Tadbirda ta'lim-tarbiya jarayonlari sifatli amalga oshirilayotgan maktablar alohida e'tirof etildi. Shuningdek, sohada jiddiy kamchiliklarga yo'l qo'ygan, o'z ishiga mas'uliyatsizlik bilan yondoshgan umumta'lim maktablari faoliyati tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.