Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 21-ноябрь 2024, 20:07
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini qabul qilishga start berilmoqda


Yoshlar siyosati va sport hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi  hamkorligida o‘quvchilarni jismoniy harakatlanishga yo‘naltirish orqali ularni salomatligini mustahkamlash qaratilgan "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini qabul qilishga start berilmoqda.
Bugun poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 86-sonli umumta'lim maktabida tumandagi 21-, 86-, 220- hamda 302-sonli maktablarning 9- va 11-sinf o‘quvchilaridan sport sinovlari qabul qilindi. 
Sport sinovlari ixtiyoriy va maxsus talablardan iborat bo‘lib, bu o‘quvchilar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularning jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan loyiha hisoblanadi va tez orada umummilliy harakatga aylanadi.

Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati