Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 21-ноябрь 2024, 20:07
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga doir Anglashuv memorandumi imzolandi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Koreya ilm-fan va ijod jamg‘armasi hamda Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi.
➖ Asosiy maqsad, ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tomonlar o‘rtasidagi loyihalarni amalga oshirish tizimini samarali tashkil etishdan iboratdir.
Shuningdek, STEM sohasini rivojlantirish, tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro kadrlar almashuvi tizimini yo‘lga qo‘yish, tomonlarning mavjud muammolarini hamkorlikda hal qilish nazarda tutiladi.

Uchrashuv doirasida qator yo‘nalishlar, jumladan:
➖iqtidorli yoshlar bilan ishlash, ularni xalqaro va mintaqaviy fan olimpiada (STEM fanlaridan)lari va musobaqalarga tayyorlash;
➖STEM fanlari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish maqsadida qisqa va uzoq muddatli almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
➖o‘zaro ma’lumotlar almashish uchun qisqa muddatli treninglar tashkil etish bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.