Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 21-ноябрь 2024, 20:07
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktab direktorlari va o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish bo'yicha xorijiy ekspertlar ishtirokidagi o‘quv seminarlari davom etmoqda

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maktab direktorlari va o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish bo'yicha xorijiy ekspertlar ishtirokidagi o‘quv seminarlari davom etmoqda. Ayni damda "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida tashkil etilgan treninglarning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.
Unda xususan maktabda dars jarayonlaridan ajralmagan holda o'z ustida ishlash, til va kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish haqida so'z bordi.
➖ Tom Kiddl, Buyuk Britaniya, Norwich instituti direktori:
— O'zbekistonda 7-marta bo'lishim. Har safar kelganimda bu yerdagi o'qituvchilarda ko'zga tashlanadigan ishtiyoq va motivatsiyadan hayratga tushaman. Ular bilan ishlash haqiqatda qiziq. 

Biz bu safargi treninglar davomida ustozlarda dars jarayonlarini interaktiv tashkil etish, o'quvchilar bilan ishlash hamda zamonaviy ko'nikmalardan foydalanish kabi mavzularda so'z yuritdik. Umid qilamanki, ushbu mashg'ulotlar ustozlarning kelgusi faoliyatiga ham yordam beradi.