Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda Qatar davlatining taklifiga binoan "Korrupsiyaga qarshi kurashish — halollik darslari" tashkil etildi.
➖ Mashg‘ulotlar xorijiy mutaxassis Robtel Nedjai Peyli tomonidan Toshkent shahridagi 5- va 190-maktablarda o‘tkazildi va unda muallifning bolalar uchun antikorrupsiyaga bag‘ishlangan "Gbagba and Jaadeh!" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot doirasida o‘quvchilarga kitob haqida qisqacha ma’lumot berilib, korrupsiyaning jamiyat va davlat hayotiga zarari, ushbu illatning oldini olish va uning turmushimiz va kelajakka salbiy ta’siri haqida so‘z bordi.
Ma’lumot o‘rnida: "Gbagba and Jaadeh!" kitobi taqdimoti bugunga qadar dunyoning 15 ta davlatida tashkil etilgan.