Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 21-ноябрь 2024, 20:07
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida foto va video qayd etish uskunalari oʻrnatiladi


Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. 

Unga koʻra:

2024-yil 1-iyuldan boshlab yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida hamda boshqa belgilangan joylarda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari bosqichma-bosqich oʻrnatiladi. 
Ichki ishlar vazirligi 2024-2026-yillar davomida yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida ushbu foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini manzilli roʻyxat asosida oʻrnatadi hamda “Xavfsiz shahar” tizimlariga integratsiya qiladi.