Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-май 2024, 17:38
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Turon" teatr maktabi Respublika ko'rik-tanlovining Toshkent shahar final bosqichi bo'lib o'tdi

Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatrida "Turon" teatr maktabi Respublika ko'rik-tanlovining Toshkent shahar final bosqichi bo'lib o'tdi.

Unda jamoalar uchta shart bo'yicha g'oliblik uchun o'zaro bahslashdilar. Yakunda Mirzo Ulug'bek tumanidagi 112-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari eng ko'p ball jamg'arib, faxrli birinchi o'rinni egalladi. Endi ular tanlovning Respublika bosqichida Toshkent shahri sharafini himoya qilishadi.
Tanlovda Yunusobod tumanidagi 9-maktab vakillari ikkinchi,
Shayxontohur tumanidagi 262-maktab o'quvchilari esa uchinchi pog'onadan joy oldilar.