Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 21-ноябрь 2024, 20:07
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Qirgʻiziston Respublikasi Fan va taʼlim vazirligi delegatsiyasi Oʻzbekistonda

Ayni kunlarda Qirgʻiziston Respublikasi Fan va taʼlim vazirligi delegatsiyasi vakillari Oʻzbekistonda boʻlib turibdi. Bugun kun davomida mazkur delegatsiya ishtirokida qator uchrashuv va tadbirlar tashkil etildi.
Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligida boʻlib oʻtgan uchrashuvda vazir maslahatchisi Ulugʻbek Toshkenboyev, Qirgʻiziston Respublikasi taʼlim va fan vaziri maslahatchisi N. Djusupbekova hamda vazirlik masʻullari ishtirok etdi.
Tashrif davomida Oʻzbekiston taʼlim tizimiga doir mavjud tajriba va amaliyotlar oʻrganilishi maqsad qilingan. Jumladan, maktabgacha va maktab taʼlimida raqamlashtirish, IT texnologiyalari, elektron jurnal va kundaliklar, bolalar uchun moʻljallangan raqamli platformalardan foydalanishga doir qator tajribalar oʻrganiladi.
Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli kredit berish mexanizmlari, bogʻchalar va maktablar faoliyatini monitoring qilish va baholash tizimi, maktab oʻquvchilarining taʼlim natijalarini baholash, maktab taʼlimida STEM yondashuvlaridan foydalanish jarayonlari tahlil etiladi.
Qirgʻiziston Respublikasi Fan va taʼlim vazirligi delegatsiyasi vakillari kunning ikkinchi qismida poytaxtimizda joylashgan 100-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
Tanishuv davomida ushbu maskanlarda olib borilayotgan taʼlim-tarbiya jarayonlari, sohada olib borilayotgan oʻzgarish va yangiliklar haqida soʻz yuritildi.