Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 6-сентябрь 2024, 12:23
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Toshkent shahrida “Kitobxonlik festivali” o‘tkazildi

Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “Kitobxonlik festivali” bo‘lib o‘tdi.
Ushbu festivalga Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, maktab kutubxonachilari, kitobsevar o‘quvchilar, ota-onalar hamda Respublikamizning turli hududlaridan Bolalar kutubxonalari direktorlari tashrif buyurishdi.

Festival doirasida quyidagi kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarining g‘oliblari taqdirlandi:
“Ijodkor bolalar”
“Eng yaxshi kitobxon oʻquvchi”
“Xudoyberdi Toʻxtaboyev asarlari bilimdoni”
“Ajdodlar siymosi qalblarda mangu”
“Eng faol kutubxonachi”
“Eng yaxshi kitobxon oila”

Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida jami 30 ming nafarga yaqin o‘quvchilar qamrab olinib, 50 nafar g‘olib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 Festival davomida el suygan sanʼatkorlarning barchamizga sevimli boʻlgan kuy-qo‘shiqlari barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishlab, festival ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi.