Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 6-сентябрь 2024, 12:23
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Turon” maktab teatri tanlovi g’oliblari taqdirlandi

“Turon” maktab teatri tanlovi g’oliblari xorijga ta’lim sayohatiga borishadi!
Buxoro shahrining "Poyi Kalon" ansamblida “Turon” maktab teatri tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi va bu kabi tadbirlarning yoshlarning iqtidorini kashf etishdagi ahamiyati haqida so’z yuritdi.

Shundan so’ng, tanlovning yakuniy natijalari e’lon qilindi. Hakamlar hay’ati tomonidan qo’yilgan ballarga ko’ra:
Navoiy viloyatining “Ibrat“ jamoasi 1-o’rin,
Namangan viloyatining  “Ibrat izdoshlari“ jamoasi 2-o’rin,  
Qoraqalpog’iston Respublikasining “Tan nuri“ jamoasi 3-o’rinni egalladi.

G'olib jamoa xorijga ta'lim sayohatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. 

➖ Shuningdek, maktab jamoalari tanlov davomida namoyish etilgan sahna ko’rinishlari uchun “Eng yaxshi sahna spektakli”, “Eng yaxshi rejissorlik ishi”, “Eng kreativ jamoa” kabi nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi. 
Xususan, Qoraqalpog’iston Respublikasining “Tan nuri” jamoasi a’zosi Niyozbek Boynazarov “Eng yaxshi aktyor”, Xorazm viloyati “Yosh teatrchilar” jamoasi vakili Dinara Safayeva esa “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida g’olib deb topildi.
Barcha g’oliblarni chin dildan tabriklab, kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyat tilaymiz!