Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 10-октябрь 2024, 15:08
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Fransuz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarining 2-bosqichi boshlandi

Avval xabar berilganidek, Maktabgacha va maktab vazirligi tomonidan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili o‘qituvchilarni Fransiyaning nufuzli oliygohlariga stajirovkaga yuborish yuzasidan yangi loyihaga start berilgan.
Loyihaning 1-bosqichi doirasida joriy yilning 7-8-may kunlari fransuz tili ustozlari bilimlari “Ev@lang” platformasi orqali  baholandi.
Kuni kecha 1-bosqich natijalariga muvofiq 2-bosqichga tavsiya etilgan o‘qituvchilar uchun 30 soatlik malaka oshirish kurslari boshlandi. Kurslar doriy yilning 14-iyun kuniga qadar davom etadi.
Mazkur kurslar Toshkent shahri va Samarqand viloyatidagi Fransuz alyans tashkilotida o‘tkazilmoqda. Malaka oshirish kurslari fransiyalik malakali mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda.
Ushbu loyihaning keyingi bosqichida o‘qituvchilar  15 soatlik onlayn shaklda malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi va ularni 4-bosqichda Fransiyaning nufuzli — Nitsa va Grenobl oliygohlariga stajirovkaga yuborish rejalashtirilgan.
Shuni alohida ta’kidlash joiz: ushbu imkoniyat Fransiya davlati tomonidan ilk bora taqdim qilinmoqda.